Imillab yuruvchilar (Tardig rada) — sistematik oʻrni toʻla aniqlanmagan umurtqasiz hayvonlar; boʻgʻim-oyoqlilar tipiga mansub sinf sifatida taxmin qilinadi. Tanasi kalta (0,1 — 1 mm) va yoʻgʻon, aniq boʻgʻimlarga boʻlinmagan; oyoklari 4 juft (koʻpincha boʻgʻimsiz), juda sekin harakat qiladi. Boshida 2 ta stileti bor. Nerv sis-temasi halqum usti va 5 qorin nervi gangliylaridan iborat. Yer yuzida keng tarqalgan, 300 ga yaqin turi maʼlum. I. yu. dengiz va chuchuk suvlarda, kichik koʻlmaklarda, hatto, oʻsimlik barglari, yoʻsinlar orasida yigʻilib qolgan suv tomchisida ham yashaydi. Qurib noa-niq shaklga kirgan I. yu. bir necha yil tirik qolishi, bir necha soat davomida 27 G sovuqqa, 150° li qisqa muddatli haroratga chidashi mumkin. Anabiozga oid tekshirishlarda I. yu.dan foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil