Imitatsiya
Imitatsiya (lot. imitatio — taqlid) — 1) biror narsaga taqlid qilish, oʻxshatma; 2) musiqada — biron ovozda sadolangan koʻp ovozli musiqa asari kuyini boshqa (yuqori yoki past) ovozda aynan yoki oʻzgacharoq qilib takrorlash. Baʼzan I. taqlid qilinayotgan ovoz tugashidan oldinroq boshlanadi. Kuy bir necha ovozda navbatmanavbat takrorlanishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida ikki, uch, baʼzan undan koʻproq ovozlardagi I. lar ham uchraydi. Fuga va kanon kabi polifonik musiqa shak-llari I. asosida yaratiladi. Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlovskiy, M. Burhonov, I. Akbarov, T. Qurbonov va b. I. dan unumli foydalanganlar. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |