IMMERMAN (Immerman) Karl Lebrext (1796.24.4, Magdeburg — 1840.25.8, Dyusseldorf) — nemis yozuvchisi, dramaturg , teatr arbobi. Dyusseldorfdagi teatr rahbari (1832—37). Ijodi romantizmdan tanqidiy realizmga oʻtish davrining namunasidir. Dastlab sheʼrlar yozgan ("Sheʼrlar" toʻplami, 1822). I. "Tirol fojeasi" (1827) dramasi, "Aleksey" (1833) dramatik trilogiya va "Epigonlar" (1836), "Myunxgauzen" (1838), "Esdaliklar" (1840— 43) kabi oʻtkir hajviy romanlar muallifi. Teatr boʻyicha ilmiy tadqiqotlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil