Imoduddin Isfahoniy (1125-yilda tugʻilgan,1201-yilda vafot etgan) (toʻliq ismi:Imoddin Muhammad ibn Muhammad al-Katib al-Isfaxoniy) XII asrda oʻtgan tarixchi olim[1].

Imoduddin Isfaxoniy
Tavalludi 1125
Isfaxon
Vafoti 1201
Kasbi tarixchi olim

Hayoti

tahrir

Isfahonning nufuzli xonadonidan chiqqan va Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasida oʻqigan. Dastlab Bagʻdod xalifalari, soʻngra Mif hukmdorlari xizmatida boʻlgan. Dimishq hokimiga kotib boʻlgan[2]. Basra va Xalob noiblariga ham xizmat qilgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Imoduddin Isfahoniy „Nusrat al-fatra va ustrat al-fitra“ (Behollikka yordam va mezon uchun boshpana) nomli asar yozgan. Asar Saljuqiylar (1038-1194-yillar) tarixiga oid boʻlib, Saljuqiylar vaziri Anushirvon ibn Xolidning 1138-yilda fors tilida yozgan tarixiy asarining (qadim zamonlardan 1134-yilgacha bolgan voqealarni oʻz ichiga oladi) arabcha redaktsiyasi boʻlib, Imoduddin Isfahoniy voqealarni 1194-yilgacha davom ettirgan. Asarning toliq nusxasi maʼlum emas. Abulhaq al-Bundariy uni qaytadan, qisqartirib tahrirdan chiqargan. Imoduddin Isfahoniy asarining ushbu redaktsiyasi bizgacha yetib kelgan va „Zubdat an-nusra va nuxbat al-usra“ (Behollikka yordam va mejoz uchun boshpana kitobidan saylanma) nomi bilan bizning zamonamizgacha yetib kelgan.

Manbalar

tahrir

Muzaffar Ahmedov Aziz Fayzullayev:Oʻrganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixshunosligi va manbashunosligi (Eron).:Toshkent-2021

  1. https://uz.zahn-info-portal.de/wiki/Imad_ad-Din_al-Isfahani[sayt ishlamaydi]
  2. https://cyberleninka.ru/article/n/rol-imoduddina-isfahani-pri-dvore-sultana-nuriddina