Imom Nasoiy
Imom Nasoiy (arabcha: إمام نساي — Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr Xurosoniy (827-915)) — Muhaddis.
Imom Nasoiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Faoliyati
tahrirImom Nasoiy hadischilik bobida eng ishonchli 6 hadis to‘plamlaridan birining muallifi. Naso (Niso) shahrida tavallud topgan. Ona yurtida Qur'oni karimni yod olib, boshlang‘ich diniy ma'lumotlarni olgandan keyin kengroq ilmu ma'rifat hosil qilish niyatida xorijiy mamlakatlarga safarga chiqadi. 15 yoshli muhaddis Hijoz, Iroq, Shom, Misr va boshqa mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta o‘zlashtiradi. U Misrning “Zuqoqu-l-qanodil” mahallasida uzoq vaqt yashab, so‘ngra Damashqqa boradi. U yerda umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida ogir holatga tushadi. Bir rivoyatga ko‘ra, Makkaga yetib borib, o‘sha yerda, ikkinchi rivoyatga ko‘ra, Baytu-l-Makdis (Quddus)da vafot etgan.[1]
Asarlari
tahrir“As-sunanu-l-kubro” to‘plami uning shoh asari hisoblanadi. Bundan tashqari, alloma “As-sunanu-s-sug‘ro” yoki “Al-mujtabo”, “Al-xasois”, “Fazoilu-s-sahoba”, “Al-manosik” va boshqa kitoblarni yozib qoldirgan.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 473.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |