Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy
Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy(arabcha:حسن بن منصور أوزغاندي — Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy — Toʻliq ismi:Hasan ibn Mansur ibn Mahmud Faxriddin Qozixon Oʻzgandiy Fargʻoniy (vafoti 593/1197-yil)) — faqih.
Faoliyati
tahrirHasan ibn Mansur Oʻzgandiyning ilmiy merosi „Mashhur fatvolar toʻplami“, „Al-voqiʼot“ („Dalillar“), „Al-amoliy“ („Imlo qilingan“), „Al-muxozara“ („Maʼruzalar“), „Sharhu-z-Ziyodot“ („Ziyodot asari sharhi“), „Sharhu-l-jomiʼu-s-sagʻir“ („Kichik toʻplam sharhi“), „Sharhu Odobu-l-qoziy“ („Qozilar odobi asari sharhi“) va boshqa asarlardan iborat. Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy ustozlari Zahiriddin Hasan ibn Ali Margʻinoniy, Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiylardan taʼlim olgan. Shogirdlari qatorida Jamoluddin Abdulmahomid Mahmud Husayriy, Shamsu-l-aimma Muhammad Kardariy va boshqalar bor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 866.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |