Imomi Aʼzam masjidi
41°25′8″N 69°32′7″E / 41.41889°N 69.53528°E
Masjid | |
Imomi Aʼzam masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Visol koʻchasi 90A-uy[1] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Abdusattorov Abdulaziz Abdulaxadovich[1] |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, temir, yogʻoch, |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Imomi Aʼzam masjidi Vikiomborda |
Imomi Aʼzam masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan jomeʼ masjidi[1]. 1996-yil 10-sentyabr sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].
Tarixi
tahrirXalq orasida „Tolariq“ masjidi nomi bilan ham mashxur bo'lgan ushbu masjidning hozirgi oʻrni avvalari tashlandiq joy boʻlgan. Mahalla ahlining arizalariga asosan tuman ijroiya qoʻmitasining 1990-yil-5-apreldagi № 125/6-sonli qaroriga asosan ushbu joyda masjid qurishga ruxsat berilgan. Shundan soʻng mahalla ahli xalq hashari yoʻli bilan masjidni qurishgan. Masjid 1991-yildan boshlab faoliyat koʻrsata boshlagan. 2000-yil 10-fevralda 144-sonli Toshkent shahri Adliya boshqarmasi tomonidan „Imomi Aʼzam“ nomi bilan roʻyxatga olindi va jome masjidi maqomi berildi[3].
Imomi Aʼzam
tahrirMasjid islom olamida ko'zga ko'ringan shaxs va mazhabboshi Imom Aʼzam (rahmatullohi alayh) nomi bilan bogʻliqdir. U kishining asl ismlari Noʻʼmon ibn Sobit (otalarining ismi Sobit, bobolarining ismi Zuto) boʻlgan. Laqablari Abu Hanifa, unvonlari Imomi Aʼzam boʻlgan ushbu zot hijriy 80 yilda Koʻfada tavallud topganlar va o'sha yerda oʻsib-ulgʻayganlar. Imomi Aʼzam soʻzi Ulugʻ Imom degan maʼnoni anglatadi. Ustozlari Hammod ibn Abu Sulaymon degan zot edi. U Koʻfa shahrining faqihi, katta muxaddis olimi edilar. Imom Aʼzam taqriban 4000 hadis rivoyat qilganlar. „Musnadi Abi Hanifa“ degan alohida Hadis kitoblari bor. Hasan ibn Ziyod degan zot, Imomi Aʼzam shaxsan 4000 hadis rivoyat qilganlar, deydilar. Shu 4000 hadisning teng yarmini ustozlari Hammad ibn Sulaymonda rivoyat qilganlar, qolgan 2000 tasini boshqa toliblaridan rivoyat qilganlar, deb aytadilar. Hozirda yer yuzidagi 1,5 milliard atrofidagi musulmonning taxminan 700 million nafari Imom Aʼzam mazhabdagi musulmonlardir. Imom Aʼzam tijorat bilan ham shugʻullangan edilar. Bir kuni Imom Aʼzam „Koʻfa shaxri qassoblari oʻgʻrilar keltirgan qoʻylarni sotyapti“, degan gapni eshitib qoladilar. Shu kuniyoq bir choʻponning oldiga borib, undan bitta qoʻy oʻrtacha necha yil yashaydi, deb soʻraydilar va cho'pon yetti yil deb javob beradi. Shunda Imom Aʼzam 7 yil qoʻy goʻshtini emagan ekanlar. Koʻfa viloyati va shahrining xokimi Ibn Hubaya Imomi Aʼzamga Koʻfa viloyatiga qozi boʻlishni taklif qiladi. Lekin u kishi rozi boʻlmaydilar. Shunda gʻazablangan hokim u kishini zindonband etadi. Zindondan ozod boʻlganlaridan keyin Koʻfani tark etib, 10 yil davomida boshqa shaharda istiqomat qiladilar. 70 yil umr ko'rib, 55 marta xaj ibodatini ado qilganlar[4].
Joylashuvi
tahrirMasjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Visol koʻchasi[5] 90A-uy manzilida joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Имоми Аъзам жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ vakillikuz. „«Ислом ота» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ vakillikuz. „«Ислом ота» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ [https://geodzen.com/uz/tashkent/visol „улица Висол Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.