Impuls reaktor
Impuls reaktor — impuls rejimida ishlaydigan yadro reaktori. I.r.da qisqa muddatli quvvat impulslari va shunga muvofiq neytronlar va gamma-nurlar oqimi generatsiyalanadi (hosil boʻladi). Impulslar davomiyligi — bir necha mks dan bir necha s gacha. I. r. qisqa vaqt oraligʻida katta quvvat va intensiv neytronlar oqimi olishga imkon beradi. I. r.da zanjirli yadro reaksiyasining jadal rivojlanishi hisobiga quvvat impulsi paydo boʻladi. Buning uchun I. r.ga ortiqcha miqdorda yadro yonilgisi kiritiladi yoki neytronlarni yutgichlar olib tashlanadi. Impulslarni "soʻndirish" uchun "ortiqcha" yadro yonilgʻisi I. r.dan olinadi.
I. r. bir karrali va davriy xillarga boʻlinadi. Baʼzi ilmiy tadqiqot ishlari va tajribalarda I. r. qoʻllanadi, unda yadro reaktorlariga ishlatiladigan materi-allar sinaladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |