Impulslar generatori
Impulslar generatori – kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g . bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. I. g .da tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. I. g . radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllanadi.[1]BLOKING-GENERATORLAR
9.1. Bloking-generatorlar haqida umumiy maʼlumotlar
Bloking-generator, transformatorli musbat teskari aloqa-
li relaksatsion generator boʻlib, katta quvvatli, qisqa impulslar-
ni toʻgʻri burchakli koʻrinishdagi va amplitudasi Eman amalda
boʻladi. Chiqish kuchlanishini katta qiymatlarini olish uchun
transformatorda qoʻshimcha chulgʻamdan foydalaniladi. Gene-
ratsiyalanuvchi impuls kengligi 1–10 mks va kichik boʻlib, impuls
chuqurligi Q oʻnlab-yuzlab boʻladi.
Bloking-generator, boshqa turdagi relaksatsion generatorlar,
kabi uch xil rejimda ishlaydi:
– avtotebratgichli;
– kutuvchi;
– sinxronizatsiyalash rejimi.
Bloking-generatorlar impuls generatori quvvati qisqa im
pulslarni shakllantirishda va elementlarni taqqoslash qurilmalari
da qoʻllanadi.
9.2. Avtotebratgichli bloking-generator
9.1-rasmda avtotebratgichli bloking-generator sxemasi keltiril-
gan. U musbat teskari aloqali impulsli transformatorli kuchay-
tirgich boʻlib, birlamchi w1 chulgʻam VT1 tranzistorini kollektor
zanjiriga, ikkilamchi (w2) chulgʻami esa VT1 tranzistorining baza
zanjiriga ulangan. Chiqish kuchlanishini oshirish maqsadida w3
uchinchi chulgʻam qoʻllanilgan.
Generatorda faza balansini taʼminlash maqsadida birlamchi va
ikkilamchi chulgʻamlari qarama-qarshi ulangan.
VT1 tranzistorining oʻzgarmas tok boʻyicha rejimini R re-
zistori, baza tokini aniqlovchi aniqlaydi. Vaqt belgilovchi RC
zanjiri bloking-generatorni pauza vaqti (tn)ni aniqlaydi. Impuls
chuqurligi Qq10…100 boʻlganidan impuls (t
u) vaqti oʻnlab-yuzlab
marotaba pauza vaqtidan kichik. Demak, vaqt doimiysi RC zan-
jirni (τp= R•C) amalda tebranish davrini aniqlaydi. Pauza vaqti
quyidagi formuladan hisoblanadi:
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |