Imtiaz Ali Taj (1900—1970) – urdu tilida ijod qilgan pokistonlik dramaturg. Asosan, Anarkali hayotiga asoslangan, Hindiston va Pokistonda yuzlab marta sahnalashtirilgan, hind filmi Mugʻal-e-Azam (1960) nomi ostida qayta sahnalashtirilgan „Anarkali“ pyesasi bilan tanilgan[1].

Imtiaz Ali Taj
Tavalludi 1900-yil
Vafoti 1970 (yoshi 69–70)
Lohur, Panjob, Pokiston
Fuqaroligi Pokiston va Britaniya Hindistoni
Turmush oʻrtogʻi Hijab Imtiaz Ali
Bolalari Yasmin Tahir
Otasi Sayyid Mumtoz Ali
Onasi Muhammadi begim
Ali Tojning kitobi saxifasida tasvirlangan Anarkali portreti, 1922.

Hayoti

tahrir

Sayid Imtioz Ali 1900-yil 13-oktabrda Lahorda (oʻsha paytda Hindistonda) tugʻilgan, u „Shams-ul-ulamo“ (Olimlar quyoshi) nomi bilan ham mashhur boʻlgan Sayyid Mumtoz Alining (1860 – 1935) oʻgʻli edi[1]. Onasi Muhammadi begim unga mehr ila „Mera Taj“ (mening tojim) deb laqab qoʻygan. Uning ota-bobolari 1857-yilda Dehlidagi hind qoʻzgʻolonidan keyin Lahorga koʻchib oʻtishgan. Imtioz yozishni boshlaganida „Taj“ nomini olgan. Talabalik yillarida ingliz tilidagi koʻplab spektakllarni tarjima qilib, rejissyorlik qilagan. Baʼzan ayollarni rolini oʻynash uchun aktyor boʻlmagan bir paytda, ayol rollarini ham oʻynagan va oʻz adabiy mahoratini yaqqol namoyish etgan[2]. Lahorda oʻqiganidan soʻng dastlab otasining „Dar-ul-Ishoat Punjob“ (maʼnosi: „Panjob nashriyoti“) nashriyotida ishlagan[1].

Keyin u 1909-yil 13-oktabrda otasi tomonidan asos solingan bolalar uchun moʻljallangan Phool jurnaliga va ayollar jurnali Tahzeeb-e-Niswan rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi. U Gʻulom Abbos Ahmad va Ahmad Nadim Qasmiy bilan hamkorlikda Phool uchun turli matnlar yozgan[2]. Uning oʻzi ham bir qancha pyesalar muallifi boʻlib, eng diqqatga sazovorlari „Anarkali“ va „Chacha chakkan“ dir. Bu pyesalar bugungi kunda ham ijro etilmoqda[1].

Uning pyesalari asosida suratga olingan filmlar

tahrir

Anarkali, (soʻzma-soʻz maʼnosi:"Anor gʻunchasi"[3]) 1922-yilda yozilgan, afsonaga asoslangan romantik pyesa. Unda Shahzoda Salimni sevib qolgan Anarkali (xushmuomala) ismli goʻzal qul qiz haqida hikoya qilinadi, ammo romantika oxir-oqibat uning fojiali oʻlimi bilan yakunlanadi. Anarkali (tugʻilganda ismi Nodira begim yoki Sharfunisso) yosh qiz payti savdogarlar karvoni bilan Erondan Lahorga kelib qolgan edi.

Anarkali haqida birinchi tarixiy eslatma ingliz sayyohi va savdogarining sayohatnomasida uchraydi, William Finch (savdogar) Lahorda ushbu sevgi dostoni sodir boʻlgan davrda – 1608-yildan 1611-yilgacha sayohat qilgan. Finchning ushbu fojiali sevgi dostoni haqidagi versiyasiga koʻra, Anarkali aslida imperator Akbarning xotinlaridan biri va uning oʻgʻli Danial shohning onasi boʻlgan. Imperator Akbar Anarkali ham oʻgʻli Jahongir bilan romantik aloqada boʻlganligi va oʻgʻli Jahongir bilan aloqa qilishgacha borganligi haqidagi shubhalardan gʻazabga keladi. Ushbu shubhalar asosida u uni 1599-yilda Lahor qal’asi devori ostiga tiriklayin koʻmib yuboradi[4].

Imtiaz Ali tajning keyinchalik yozilgan romani Anarkali (1922-yilda nashr etilgan) „Urdu dramasi yilnomasidagi muhim voqea“ deya tilga olinadi.

Anarkali Bozar

tahrir

Anarkali folklori haqiqatmi yoki fantastikami, bu sevgi hikoyasi dunyodagi boshqa sevgi hikoyalari singari Pokiston va Hindistonda ham mashhur. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar, Lahorning mashhur Anarkali bozori va uning Lahordagi qabri Anarkalining mavjudligiga guvohlik beradi.

Anarkali nomli film 1953-yilda suratga olingan va Imtiaz syujeti asosida, oxiri dramadagi tugashiga oʻxshash tarzda fojiali qilib tasvirlangan. Keyinchalik spektakl juda muvaffaqiyatli Hind badiiy filmi (Mughal-E-Azam, 1960-yilda chiqarilgan) uchun ham asos sifatida olingan.

Pokiston radiosi

tahrir

1947-yilda Pokiston mustaqillikka erishgandan soʻng, Pokiston Hamara Xay (Pokiston bizniki) kuni Pokiston radiosida Imtiaz Ali kundalik eshittirishga mezbonlik qiladi. Bu bir necha yil davom etgan eng mashhur radio dasturlaridan biri sifatida etirof etiladi[1].

Vafoti

tahrir

19-aprel 1970-yilda Imtiaz Ali Taj nomaʼlum qotillar tomonidan uxlab yotgan vaqtida oʻldiriladi. Uning xotini Hijob uni qutqarishga uringanida jiddiy yaralangan.

Hijob (1908—1999) nafaqat taniqli Urdu shoirasi va yozuvchisi, balki 1936-yilda Hindistonning birinchi musulmon ayol uchuvchisi sifatida ham ajralib turgan[5].

Mukofotlari

tahrir
  • 1965-yilda Pokiston Prezidenti tomonidan ijro gʻururi mukofoti.
  • 2001-oktyabrda Pokiston pochtasi Xatlardagi odamlar seriyasida uning nomini abadiylashtirish uchun esdalik pochta markasini chiqarilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Legendary dramatist Imtiaz Ali Taj’s death anniversary today Samaa TV News website, Published 19 April 2011, Retrieved 29 April 2022
  2. 2,0 2,1 „Legendary writer Imtiaz Ali Taj remembered - Baluchistan Times (newspaper)“. The Free Library (20-aprel 2011-yil). Qaraldi: 25-iyun 2019-yil.
  3. Khan 2006.
  4. „Imtiaz Ali, the Taj of Urdu drama“. Dawn (newspaper) (14-aprel 2009-yil). Qaraldi: 25-iyun 2019-yil.
  5. Hari Narain Verma, Amrit Verma, Indian Women Through the Ages, Great Indian Publishers (1976), p. 58