Indeks fondi
Indeks fondi — bu indeksli investitsiya strategiyasiga amal qiluvchi oʻzaro investitsiya fondining bir turidir.[1] Indeks fondini yaratish qoidalari fondga tegishli kompaniyalar turini belgilaydi.[2] Indeks fondlarining eng mashhuri Vanguard 500 Index Fund S&P 500 indeksi asosida ishlaydi.[3]
Tarix
tahrir1967-yil 24-may Richard Allen Beach „Qualidex, Fund, Inc.“ kampaniyasiga asos soldi. 1970-yil oktabr oyida kompaniya Dow Jones 30 (DJI 30) indeksiga asoslangan fond sifatida eʼlon qilindi. Tegishli roʻyxatga olish 1972-yil 31-iyulda boʻlgan. Bu tarixdagi birinchi indeks fondi edi.[4]
Afzalliklari
tahrirInvestor nuqtai nazaridan, indeks fondlarining asosiy afzalligi strategiyaning maksimal darajada oddiyligi boʻlib, uning natijalaridan biri boshqaruvning minimal xarajatlaridir. Odatda toʻlovlar AQShning yirik kompaniyalari uchun 0,1 % dan boshlanib, rivojlanayotgan bozorlar uchun 0,7 % gacha tashkil qiladi. Oʻrtacha, faol boshqariladigan investitsiya fondi 1,15 % toʻlov oladi.[5] Aksariyat sarmoyadorlar uchun ham S&P 500 dan oshib ketishni qiyindir.[6] Bunday investitsiya strategiyasi avtomatik ravishda portfelni diversifikatsiya qilishni nazarda tutadi, chunki investor indeksni sotib olib, indeksga kiritilgan barcha kompaniyalarda kichik ulushga ega boʻladi.[7]
Kamchiliklari
tahrirIndeks fondlarining asosiy kamchiligi shundaki, ular bozorni koʻr-koʻrona avtomatik tarzda kuzatib boradi, bu esa investorni bozor „pufaklari“ oldida juda zaif qoldiradi. Agar indeksni hisoblash qoidalari notoʻgʻri oʻrnatilgan boʻlsa, indeksga kiritilgan kompaniyalar umuman olganda qisqarayotgan boʻlsa-da, indeks oʻsishi mumkin. Bunday holda, indeksga sarmoya kiritgan odamlar zarar koʻrishi mumkin. Oʻrtacha barcha indeks fondlari uchun indeksni hisoblashdagi xatolik 38 bazis punktni tashkil qiladi.[8] Indeks fondiga talabning ortishi sababli, mashhur indeksga qoʻshilgan kompaniya talab shokiga ega boʻlishi mumkin va shunga oʻxshash indeksdan chiqarilgan kompaniya esa taklif shokiga ega boʻlishi mumkin va bu narxni oʻzgartiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ „What Is an Index Fund?“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Do-It-Yourself Index Funds: A Smarter Way to Own the Index?“. kiplinger.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Vanguard 500 Index Fund Admiral Shares (VFIAX)“. investor.vanguard.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Brokers for Trading Indices Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Introduction to Fees“. ifa.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Stock Pickers Have Tough Time in 2014“. wsj.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „What’s an index fund?“. theconversation.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Tracking Errors of Exchange Traded Funds and Index Funds“. digitalcommons.sacredheart.edu. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.