Índiy / Indium (In)
Atom raqami 49
Koʻrinishi Oq-kumush rangli yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
114,818 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 166 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
558,0(5.78) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 144 pm
Ion radiusi (+3e) 81 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,78
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3
Termodinamik xossalari
Zichlik 7,31 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,234 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 81,8 Vt/(m·K)
Erish harorati 429,32 K
Erish issiqligi 3,24 kJ/mol
Qaynash harorati 2353 K
Qaynash issiqligi 225,1 kJ/mol
Molyar hajm 15,7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi tetragonal
Panjara davri 4,590 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 129,00 K
49
Indiy
In
114,818
4d105s25p1

Indiy (lotincha: Indium), In — Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, atom massasi 114,82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Ik-kita - ||31p (4,33%) va ||51p (95,67%) izotopi bor. 1|51p kuchsiz radioaktiv (R — nurlanuvchi, yarim yemirilish davri T’/,=51014 yil) Atom radiusi 0,166 nm., ion radiusi (kavslarda koordinatsion sonlar koʻrsatilgan) In3+ uchun 0,076 nm (4), 0,094 nm (6), 0,106 nm (8). 1863 yil nemis olimlari Indiy Reyx va Indiy Rixter rux minerali — sfaleritni spektral analiz yoʻli bilan tekshirayotib, nomaʼlum elementning spektr chizigʻini topishgan. Spektr chizigʻi indigo rangida boʻlgani uchun bu yangi element Indiy deb ataldi. Uchta minerali — sof Indiy, rokezit (CuInS2) va indit (FeIn2S4), jalindiy In (ON)3, sakuranit (CuInFe)3 (InSn)S4 bor, lekin ular kam uchraydi. Indiy ning zichligi 7,31 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 156,78°; qaynash temperaturasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 (koʻpincha) valentli. Indiy kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda oʻzgarmaydi. Yuqori temperaturada oksidlanadi, 800° dan yuqorida koʻkbinafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall — Indiy oksid (1p2O3) hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan oson birikib, galogenidlar (InCl3, InBr3, Inl3), oltingugurt bilan sulfidlar (In2S3, InS) hosil qiladi. Galogenidi (InHal) va qora oksidi (In2O) juda kuchli qayta-ruvchilardir. Indiy birikmalaridan Indiy sulfat In2(SO4)3, Indiy nitrat In(NO3)3-4,5 N2O va Indiy ortofosfat 1pRO4 lar ahamiyatlidir. Indiy qoʻrgʻoshin, rux, qalay ishlab chiqarishdagi chiqindilardan olinadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim oʻtkazgichlar texnikasida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir

Fedorov P. I., Moxosoyev M. V., Alekseyev F. P., Ximiya galliya, indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yasenkos. P., Indiy; svoystva i primeneniye, M., 1987.

Manbalar

tahrir