Indraprastha, Indrapat — qad. hind shahri; taxminan hozirgi Dexli oʻrnida joylashgan. "Mahabharata" ga koʻra, Pandavlar urugʻi tomonidan barpo etilgan. Rivoyatlarga koʻra, Kuru uru-gʻidan boʻlgan shoxlar, Hastinapur sh. : ni Gang daryosi yuvib ketib shahar vayron boʻlgach, I. ni oʻz poytaxtlariga aylantirishgan. Manbalarga koʻra, I. kattaligi jihatidan faqat Kashi (qad. -|. Banoras) dan keyin turgan. Mil. 2-asr I da Ptolemey Indrabara sh. ni qayd etib oʻtgan, uni I. bilan aynan deyish mumkin. Soʻnggi yillarda hind arxeologlari Purana Kila sh. harobasida qazishma ishlari olib borishmoqda. Rivoyatlarga kura, I. shu yerda joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil