Induksion nasos - elektr oʻtka-zadigan suyukdik (odatda, suyultirilgan metallar) ni elektromagnit kuch yordamida haydab beradigan magnitogidrodinamik nasos. I. n. induktori magnit maydoni bilan nasosdan oʻtadigan suyuklikda induksiyalanadigan elektr toki maydoni oʻzaro taʼsirlashganda elektromagnit kuch vujudga keladi. I. n. kanallari odatda zanglamas poʻlatdan tayyorlanadi. I. n. spiralsimon tokda ishlaydi. Yadro energetikasi, metallurgiya va texnikaning boshqa sohalarida suyuq metallni haydab berishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil