Induktor (lot. induco — kiritaman, uygʻotaman) — 1)qizdirish I. i — qagtiq, suyuq va gazsimon oʻtkazgichlarni induksion qizdiradigan qurilma. Oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi induksiyalovchi simdan va qurilmaga elektr toki keltiruvchi tok oʻtkazgichdan iborat; 2) telefon I.i — dastaki ishlatiladigan past (18 — 21 Gs) chastotali oʻzgaruvchan elektr tokida ishlaydigan magnito-elektr generator. I. ning aylanuvchi chu-lgʻamdan va ikki qoʻzgʻalmas toʻgʻri burchakli doimiy magnitdan iborat; qoʻzgʻalmas chul-gʻam va aylanuvchi koʻp qutbli halqasimon magnitdan iborat xillari bor (rasm). I. harbiy va qishloq telefon aloqada, mahalliy bata-reyalarda ishlaydigan telefon tarmoqlarida qoʻllanadi; 3) elektr mashina I. i — mashinaning uygʻotish chulgʻami qismi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil