Industrial oʻsish
Industrial oʻsish, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. Industrial oʻsish mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. Industrial oʻsish mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. Industrial oʻsish ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Industrial oʻsishning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. Industrial oʻsishni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat ishlab chiqarish vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; ishlab chiqarish kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.
Industrial oʻsish dastlab 18-asrning oxiri va 19-asrning 1 -choragida dastlab Bukj Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-asr 60—70-yillarida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllandi. Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar ishlab chiqarish va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan fabrika — zavod tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, Industrial oʻsish odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning ayla-nuvchanligi tez boradi va foyda koʻp olinadi. Industrial oʻsishning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQShda 19-asrning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-asrning boshlariga qadar davom etgan.
19-asrning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning ulkan oʻsishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish isteʼmol buyumlarini ishlab chiqarishga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning zaruriy sharti edi.
Industrial oʻsish tufayli 20-asrning 50-yillaridan boshlab hozirgi zamon fan-texnika rev-yasi keng avj oldi. U ishlab chiqarishda eng yangi, mukammal mashinalar, texnologik jarayonlar, energiya manbalari va materiallardan foydalanishni taqozo etdi. Bu davrda yuz bergan Industrial oʻsish ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar-gagina va ayrim sohalargagina xos boʻlgan. Yadro energiyasini egallash, kosmosni oʻzlashtirish, kimyo sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish eng rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirildi.
20-asrning oxirgi choragida ilmiytexnika taraqqiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda ham amalga osha boshladi. Bu mamlakatning ayrimlarida qishloq xoʻjaligi hisobiga sanaotni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning bosh strategiyasi qilib belgilangan.
20-asrning oxirlariga kelib jahonning turli mamlakatlarida Industrial oʻsish dara-jali oʻrtasida keskin farq yuzaga keldi. Mas, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada Industrial oʻsish oʻz choʻqqisiga chiqdi va ular "postindustrial" mamlakatlarga aylandi. Bu paytga kelib ayrim mamlakatlar sanoati rivojlangan davlatlarga, ayrimlari esa qoloq mamlakatlarga aylanib qoldi. Hatto sanoat sohasida iqtisodiy tangliklar yuz berdi. Mas, Rossiya 50 ta eng yirik industrial mamlakatlar orasida ishlab chiqarayotgan mahsulot qiymati boʻyicha 12-oʻringa, Ukraina esa 48-oʻringa tushib qoldi.
Oʻzbekiston hududida Industrial oʻsishning boshlanishi 20-asrning 20—30-yillariga toʻgʻri keladi. Bu davrda respublikada neft, elektr energiyasi, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mineral oʻgʻitlar va qurilish materiallari ishlab chiqarishga asos solindi. Sanoatda industrial iqtisodiyotiga xos yangi proporsiyalar yuzaga keldi. 1940-yil umumiy sanoat mahsuloti hajmida ogʻir sanoatining oʻsishi 13,3% ga koʻtarildi (1913-yil da 2%).
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Rossiyaning gʻarbiy rayonlaridan 100 ga yaqin yirik sanoat korxonalari tuda yoki qisman koʻchirib keltirildi; bular orasida samolyotsozlik, elektr-texnika zavodlari, metallurgiya kombinati va qishloq xoʻjaligi mashinasozlik korxonalari va b. bor edi. 20-asrning 50-yillari boshida Oʻzbekistonda Industrial oʻsish nafaqat ogʻir sanoatning rivoji, balki qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoatning taraqqiyoti bilan ham chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻsishga aylandi. Bu davrda ham sanoatning ayrim sohalari yuzaga keldi, shakllandi va rivojlandi.
20-asrning 90-yillariga kelib, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida, barcha postsovet davlatlarida boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham eski respublikararo xoʻjalik aloqalarining uzilishi, yangilarining hali shakllanib ulgurmaganligi va bozor iktisodiyotiga oʻtish munosabati bilan chuqur tuzilmaviy qayta qurishlarni amalga oshirish zaruriyati tufayli Industrial oʻsishda bir qator qiyinchiliklarga roʻbaroʻ kelindi. Chuqur oʻylangan islohotlar strategiyasi tufayli keyingi yillarda Industrial oʻsishda ancha tez surʼatlarga erishildi. Masalan, 1999-yilda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 5,8% ga, 2000-yilda 6,4% ga, 2001-yilda esa 8,1% ga koʻpaydi. Industrial oʻsish tufayli mamlakat energetika, oziq-ovqat boʻyicha mustaqillikka erishdi. Bunday oʻsish 21-asr bo-shiga kelib Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotida munosib oʻrin egalla-shiga imkoniyat yaratdi. Respublika sa-noatida 1645 ta oʻrta va yirik ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalari ishlaydi (2000).
Industrial taraqqiyotning 21-asr boshlariga xos asosiy xususiyati shundan iboratki, rivojlanayotgan mamlakatlarda Industrial oʻsish sanoati taraqqiy etgan davlatlar koʻmagida davlat, yirik banklar, sanoat kompaniyalari ishtirokida investitsiyalar kiritish, texnologiyalar, nou-xauni berish, qoʻshma korxonalar shaklida sanoat majmualarini qurish va b. shakllarda ham amalga oshirilmoqda (qarang Ogʻir sanoat, Sanoat, Xalqaro mehnat taqsimoti, Jahon xoʻjaligi).
Oʻzbekistonda industrial rivojlanishning asosiy maqsadi dunyo standartlariga mos keladigan, raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratishdan iborat. Bunga erishish uchun industriyani restruktrizatsiyalash (qayta tarkiblash), yaʼni ta-yanch (bazaviy) tarmoklarning ustun rivojlanishini, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan ogʻir sanoat tarmoklarni rivojlantirishni davom ettirish va undan eksportga yoʻl tutish kerak boʻladi. Buning uchun katta ilmtalab va yuqori texnologik sohalar (tarmoqlar) ni rivojlantirishga alohida ustuvor ahamiyat beriladi. Ayni vaqtda Industrial oʻsish kichik biznes va yirik biznes integratsiyasini taqozo etadi. Bu esa nafakat kichik biz-nesni, balki ogʻir sanoatning salohi-yatini yanada yuqori darajaga koʻgarishga olib keladi.
Adabiyot
tahrirKarimov I., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Karimov I., Oʻzbekiston XXI ayerga intilmoqda, T., 2001; Ulmasbayev Sh. N ., Industrialnoye razvitiye Oʻzbekistana, T., 1966; Hakimova M., Makro-iqtisodiyot (oʻquv qoʻllanma), T., 1997; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i strani SNG, T., 2001.
Abdurahim Ortiqov, Zarifa Gʻafurova.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |