Infeksion mononukleoz, bezlar isitmasi, Filatov kasalligi — odamning oʻtkir infeksion kasalligi. Bunda boʻyindagi, jagʻ ostidagi va boshqa limfa bezlari shishadi, tomoq ogʻriydi, jigar zararlanadi, qon oʻzgaradi. Birinchi marta rus olimi N. F. Filatov tasvirlagan. Kasallikka maxsus virus sabab boʻladi, deb faraz qilinadi. Bolalar va oʻspirinlarda koʻproquchraydi; yashirin davri 7—12 kun. Havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasallik, odatda, birdaniga boshlanadi, temperatura 39—40° gacha koʻtariladi, bosh qattiq ogʻriydi. Murtak bezlari oq, sargʻish karash boylaydi, shundan keyin limfa bezlari (baʼzan taloq ham) kattalashadi. Isitma 20—25 kun davom etadi. Bemor mumkin qadar ertaroq vrachga murojaat qilib, davolanishi kerak. Oldini olish: bemor isitmasi qaytguncha boshqalardan ajratib qoʻyiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil