Informatsion tillar
Informatsion tillar, informatsion-qidirish tillari — informatsiya qidirish va informatsiyamantiq tizimlarida semantik informatsiya, faktlar va maʼlu-motlarni tavsiflash maqsadida ishlatiladigan sunʼiy tillar. I. t. mu-ayyan mazmunni mexanizmlarga (mas, EHM yordamida qayta ishlash maqsadida) bevosita uzatish uchun makbul shaklda ixcham va aniq maʼnoni yozib olish vositasi hisoblanib, odam-ma-shina munosabatlarini ifodalaydi. Undan foydalanuvchilar maʼlumotlar bazasi va informatsion tizimlar bilan oʻzaro munosabat tili yordamida maʼlu-motlarni aniq belgilab oladilar va tizimga kiritadilar, tizimdan esa turli maʼlumotlarni soʻrab oladilar. I. t. soʻrab oluvchi tilning xususiy, eng birinchi paydo boʻlgan koʻrinishi boʻlib, informatsion-qidirish tezau-ruslari (shu sohadagi barcha soʻzlarni qamrab olgan lugʻat) da, tushuncha va predmetlarning tasniflagichlarida yoki tizim yordamida bevosita avtomatik tuzilgan lugʻatlarda namoyon boʻladi.
I.t. da matn atov ran yoki indeks shaklida boʻlib, qidirilayotgan maʼlumotlarning belgilari hisoblangan tushunchalargina sanab oʻtiladi. Bu til faqat mustaqil soʻzlardan, lugʻatdan iborat (grammatikasiz) til boʻlishi mumkin, lekin u tushunalar oʻrtasidagi sintagmatik va paradigmatik munosabatlarni bildiruvchi grammatik vositalarga ham ega boʻlishi mumkin. Bu vositalar nʼfaqat informatsion tizim boʻlgan soʻrovlarni shakllantirish, balki EHM ga kiritil(ayot)gan matnlar mazmunini aks ettirish (indeksatsiya) vositasi boʻlib ham xizmat qiladi.
I. t. dagi ifodalar koʻp jihatdan tabiiy til ifodalariga oʻxshaydi, lekin ularda maʼnolari ayni predmet doi-rasidan tashqarida boʻlgan soʻzlar, nomuntazam yoki tahlil qilish qiyin boʻlgan grammatik shakllar va tuzilmalardan foydalanilmaydi.
Abduvahob Madvaliyev.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |