Infraqizil texnika
Infraqizil texnika - infra-kizil nurlardan foydalanish bilan boglik boʻlgan texnika. Choʻgʻlanma lampalar, impulsli lampalar, kvant generatorlar infraqizil nur manbalari, bolometrlar, termoelementlar, fotorezistorlar va fotoelementlar ularning qabul qilgichlari hisoblanadi. I. t. ga infraqizil nurlarni sezadigan va oʻlchaydigan asboblar, qorongʻ-ida kuzatish va fotosuratga olish asboblari, qizigan jismlar temperaturasini uzoqdan turib oʻlchash asboblari, yashi-rin signalizatsiya, kosmik aloqa vo-sitalari, masofa oʻlchagichlar, yer, suv va osmondagi nishonlardan ajraladigan infraqizil nurlardan foydalanib, ularni qidirib topadigan asboblar, snaryad va raketalarni moʻljalga oʻzi toʻgʻrilaydigan qurilmalar kiradi. Infraqizil nur manbalari va qabul qilgichlar, infraqi-zil nurlarni ajratib beradigan yorugʻlik filtrlari, spektrning infra-qizil sohasi uchun shaffof boʻlgan materiallar va b. ni ishlab chiqish va yaratish bilan ham shugʻullanadi. I. t. dan yogʻoch va lok-boʻyoq qoplamalarni quri-tishda, moddalarni spektral analiz (taxlil) qilishda, ichki nuqsonlarni aniqlashda, kasalliklarni tashhis qilishda, uzoqdagi yulduzlar spektrini va sayyoralar atmosferasini tekshirishda, kosmik kemalarning trayektoriyalarini nazorat qilish, ularni avtomatik boshqarish va b. da foydalaniladi (yana q. Infraqizil nurlanish).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |