Infratovush
Infratovush (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulogʻiga eshi-tilmaydigan past chastotali (chastotalari 16 gs dan past boʻlgan) elastik toʻlqinlar. Yer yuzida I. hosil qiluvchi manbalar xilmaxil (mas, chaqmoq chaqishi, togʻlar koʻchishi, oʻrmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi va hokazo). I. muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. I. ning bu xususiyatlaridan, mas, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer poʻstini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli toʻlqinlar tarqa-layotgan manba uzokligini aniqlashda foydalaniladi. I. ni oʻlchashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |