Inge Joanna Francisca Vermeulen (1985-yil 6-yanvar, San-Paulu, Braziliya – 2015-yil 10-yanvar, Utrext, Niderlandiya) – gollandiyalik chim xokkeychisi, chim ustida xokkey boʻyicha Yevropa chempioni (2009). U 1985-yil 6-yanvarda Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Americana shahrida tugʻilgan va 2015-yil 10-yanvarda Niderlandiyaning Utrext shahrida vafot etgan.

Inge Vermeulen
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Inge Joanna Francisca Vermeulen
Tavallud sanasi 6-yanvar 1985-yil
San-Paulu,  Braziliya
Vafot sanasi 10-yanvar 2015-yil(2015-01-10)
(30 yoshda)
Utrext

Sportchilik faoliyati

tahrir

Inge tugʻilganidan boshlab gollandiyalik oila tomonidan farzandlikka olingan va bolaligini Utrextda oʻtkazgan. Xokkeychilik faoliyatini Gaagadagi HBS Craeyenhout klubida boshlagan, 2007-yilda „Blumendal“ XKga, keyinchalik esa Stichtsche Cricket en Hockey Club (SCHC)ga oʻtgan[1] . Yangi klub tarkibidagi birinchi mavsumidayoq liganing eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. 2013—2014-yilgi mavsumda Niderlandiya chempionatining kumush medali sohibi boʻlgan.

2008-yilda Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) milliy jamoa tarkibida xalqaro maydonda debyut qilgan. Almeriyadagi qishki Yevropa chempionatida (2008) bronza medalini qoʻlga kiritgan, Sidneyda oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi chim xokkeyi boʻyicha Chempionlar kubogida (2009) esa Germaniya ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonib, bronza medaliga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili Niderlandiya terma jamoasi tarkibida Gollandiyaning Amstelven shahrida Yevropa chempioni unvonini qoʻlga kiritgan va turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan[2].

2010-yilda oxirgi marta Niderlandiya terma jamoasi safida oʻynagan va 2012-yildan boshlab Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan[3]. Jumladan 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Braziliya jamoasi tarkibida maydonga tushgan. Janubiy Amerika chempionatida (2013) braziliyaliklar toʻrtinchi oʻrinni egallaganlar, Vermolen esa turnirning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan.

30 yoshga toʻlganidan toʻrt kun oʻtgach, u Utrextdagi uyida oʻz joniga qasd qilgan holda topilgan, buning aniq sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda[4].

Manbalar

tahrir