Inkubator (lot. incubo — tuxum bosaman, bola ochiraman) — parrandalar (tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz va b.) tuxumidan joʻja ochirish apparati. Tu-zilishi murakkab boʻlib, issiklik va namlikni boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan mos-lamalar bilan uskunalangan. I.da qoʻyilgan sifatli tuxumdan 80—85% joʻja ochib chiqarish mumkin. Yilning hamma faslida I.lar qoʻyilgan xonalarda havo harorati 27° dan ortiq boʻlmasligi lozim. Uning seksiyali, xonachali, javonli xillari bor. Xonadonlarda ishlatiladigan oddiy I.lar 60—120 dona va undan koʻp, parrandachilik f-kalarida qoʻllaniladigan I.lar 55 ming gacha va undan ortiq tuxumga moʻljallangan ("Universal-55", IKP90, "Kavkaz" inkubatorlari). Bularda, asosan, tovuq, kurka va sesarka tuxumlaridan joʻja ochiriladi. I.ga 3—4 kunda bir xildagi tuxumlar joylab turiladi, tuxumlar inkubatsiya kamerasida 19 kun turadi, keyin joʻja ochib chiqishi uchun maxsus joʻja chiqarish ka-merasi (javon)ga olinadi (mas, "Universal-55" I.ida 3 ta inkubatsiya va 1 ta joʻja chiqarish kamerasi bor). I.da harorat elektr isitkichlar yordamida boshqarib turiladi. Havo namligini bir meʼyorda saqlash uchun kameraning orqa devoriga sovitish sistemasi oʻrna-tilgan. Har qaysi kameraning shamollatish (ventilyasiya) tizimi bor. I.lar Yevropa va AQShda 19-asrda paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 20-asrning 30-y.lari bo-shidan dastlabki parrandachilik inkubator stansiyalarida Rossiyada ishlab chiqarilgan I.lardan foydalanilgan.

Sayfiddin Azimov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil