Inna Nikolayevna Leman-Balanovskaya (18-iyun 1881-yil, Peterburg – 1945-yil aprel, Toshkent) – rus va sovet astronomi.

Inna Leman-Balanovskaya

Inna Nikolayevna Leman-Balanovskaya Gottingen universiteti talabalari orasida. Chapdan uchinchida turgan professor.
Tavalludi 18-iyun 1881-yil
Sankt-Peterburg
Vafoti 1945-yil aprel
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Ilmiy darajasi Fan doktori
Akademik rahbarlari Karl Shvarsshild

Biografiyasi

tahrir

Inna Nikolayevna zodagon oilada tavallud topgan. Otasi Rossiya vazirliklaridan birida katta lavozimda ishlagan. 1899–1903-yillarda Bestujev nomidagi Oliy ayollar kurslarining fizika - matematika fakultetida tahsil olgan.

1903-yilda Sankt-Peterburgning Gidrologiya boʻlimiga hisobchi sifatida oʻqishga kirgan[1].

Leman-Balanovskaya 1905-yilda oʻqishni davom ettirish uchun chet elga joʻnadi va vaqti-vaqti bilan Sorbonnada maʼruzalar kursida qatnashdi. Soʻngra astrofizikaga qiziqib, Göttingen universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda professor Karl Shvartsshild rahbarligida tahsil oldi va ishladi.

Inna 1910-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Sankt-Peterburgga qaytib, Bestujev kurslarining astrofizika boʻlimida ishlay boshladi va 1913-yilda Pulkovo rasadxonasiga hisobchi olima sifatida oʻqishga kirdi[2].

Olima 1914-yilda Pulkovo astronomi I. A. Balanovskiyga turmushga chiqdi va u bilan birga Nikolayev rasadxonasiga joʻnab ketdi.

Balanovskiylar oilasi 1918-yilda Pulkovo rasadxonasiga qaytib kelishdi va u yerda 1937-yilgacha ishladilar.

1937-yil 7-sentyabrda bir guruh Pulkovo astronomlari, shu jumladan Inna turmush oʻrtogʻi bilan birga „pulkovskomu delu“ deb nomlangan jinoyatda hibsga olindi.

Leman-Balanovskaya 1937-yil 9-oktabrda Vatan xoini oilasi aʼzosi sifatida besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni NKVD SIBLAGning Narim boʻlimida oʻtadi.

Astronom Inna 1942-yilda ozod qilindi va 1989-yil 12-iyunda reabilitatsiya qilindi[3].

1943-yilda Ulugʻ Vatan urushi davrida Kitabskaya xalqaro kenglik stansiyasiga evakuatsiya qilindi va Simeiz rasadxonasida ishladi.

Inna Nikolayevna 1945-yilda Toshkentda tifdan vafot etdi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Leman-Balanovskaya asosan kuzatuv astronomiyasi sohasida ishlagan. 1905-yilda Odessa yulduzlar katalogini yaratishda qatnashgan. U oʻzgaruvchan yulduzlar, tumanliklar, kichik sayyoralar, kometalarni va Saturn sunʼiy yoʻldoshlari kuzatish bilan shugʻullangan. Inna atmosferaning yutilishini, yulduzlarning miltillashini oʻrganish bilan shugʻullangan. Neuymin 2 kometasining harakatini oʻrgangan.

Xotirasi

tahrir

G. N. Neuymin tomonidan 1915-yil 5-sentyabrda Simeiz rasadxonasida kashf etilgan kichik sayyora Inna Leman-Balanovskaya nomi bilan atalgan.

Manbalar

tahrir
  1. [https://nkvd.tomsk.ru/researches/passional/leman-balanovskaya-inna-nikolaevna/ „Леман-Балановская Инна Николаевна“]. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. „БАЛАНОВСКАЯ (ЛЕМАН) Инна Николаевна“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  3. „Леман-Балановская Инна Николаевна (1881)“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.