Innovatsiya banki - asosan, texnik va texnologik yangiliklarni, eng yangi ishlanmalarni takomillashtirish, venchur kapitalni kreditlash boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. Asosiy kapitali oʻz mablagʻlari hiso-bidan va mijozlar qoʻyilmalari hiso-bidan tashkil topadi. Bunday banklarning kreditlari, odatda, uzok, muddatga beriladi. 1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki jahondagi eng yirik I. b.dir. Oʻzbekistonda I. b. va-zifalarini bajaradigan "Ipak puli" aksiyadorlik innovatsiya banki 1990-yil dekabrdan faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil