Inqilob Tursunovna Yusupova — (1941-yil, 2-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. Bolalar va oilalarni qo'llab-quvvatlash assotsiatsiyasi raisi.

Inqilob Yusupova
Tavalludi 02.08.1941
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Mukofotlari Shuhrat Inson huquqlari himoyasi uchun

Tarjimayi holi

tahrir

Inqilob Yusupova 1941-yil 2-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. U 1963-yil Toshkent politexnika instituti Mexanika fakultetini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini 1961-yil Toshkent politexnika institutida Yoshlar tashkiloti boshligʻi sifatida boshlagan. U Yoshlar tashkilotlarida koʻp yillar davomida rahbar sifatida faoliyat yuritgan. Inqilob Yusupova 1983—1988-yillarda Oʻzbekiston SSR davlat teleradiokompaniyasi raisi, 1988-yildan Respublika Bolalar jamgʻarmasi raisi lavozimida ishlagan[1].

Faoliyati

tahrir

Inqilob Yusupova koʻp yillar davomida bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilishga eʼtibor qaratdi. U BMT tomonidan qabul qilingan „Bolalar konversiyasi“ni oʻzbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etgan. U konvensiya tizimida oilada bolalarni tinglash, ular bilan hayotda oʻz hayotiga mas’ul inson sifatida muomalada boʻlish, oilaparvarlik va ayollar mehnati masalalari yuzasidan qator treninglar oʻtkazib kelmoqda. Inqilob Yusupova oilaning rolini oshirish, oilaviy masalalarni oʻrganish maqsadida „Oila markazi“ni tuzishga oʻz hissasini qoʻshdi. Koʻp yillar davomida ruhiy aziyat chekkan, yetim qolgan va nogiron bolalar bilan ishlab kelmoqda. Shuningdek Inqilob Yusupova oilada ham farzand tarbiyasi, ham mehnat bilan shugʻullanishni istagan ayollar uchun „Bolalar 2000“ dasturini yoʻlga qoʻygan. Dastur doirasida koʻplab ayollar farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini birga olib borishmoqda. Inqilob Yusupova bolalar huquqlarni muhofaza qiluvchi „Yosh avlod kengashi“ bolalar parlamenti tashkilotchilaridan biridir.

Mukofotlari

tahrir

Inqilob Yusupovaning ayollar va bolalar huqularini muhofaza qilishdagi koʻp yillik faoliyati inobatga olinib, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni va „Shuhrat“ medali hamda 2021-yil „Inson huquqlari himoyasi uchun“ ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. „Inson huquqlari himoyasi uchun“ ko‘krak nishoni sovrindorlari eʼlon qilindi