"INSHO" — xorazmshoxlar va saljuqiylardan sulton Sanjar davri (1118—57) tarixiga oid rasmiy hujjatlar toʻplami. Hujjatlarning aksariyati Sulton Sanjar huzuridagi saroy shoiri, kotib Muntajabiddin Badiʼ qalamiga mansubdir. Toʻplamda Bagʻdod xalifasining vaziriga xorazmshoh Elarslon nomidan uning koti-bi Rashididdin Votvot yozgan noma ham bor. Manba 14-asr da koʻchirilgan. "I", dagi baʼzi hujjatlar rus sharqshunosi V. R. Rozen va V. V. Bartold tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. 1950 yilda "I". Abbos Iqbol tomonidan Tehronda toʻla nashr qilingan "I", ning bir nusxasi Rossiya FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil