Inssenirovka (lot. in — da, scaena — sahna) — adabiy asar (roman, qis-sa, doston, hikoya)ning sahna, televideniye, radio uchun qayta ishlanishi. Dastlab I. 19—20-y.larda Yevropada vujudga keldi va taraqqiy etdi. Oʻzbekistonda I.ning ilk namunalari 20-asr boshlarida yaratildi, 20—80-y.larda rivojlandi. Mas, Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Oʻtkir Hoshimov va b.ning asarlari asosida yozilgan I.lar teatrlar sahnasida qoʻyildi, televideniye orqali na-moyish etildi, radio toʻlqinlari orqali eshittirildi. Agar I. asl nusxasidan tubdan farq qilsa, muayyan asar motivlari asosida yozilgan mustaqil pyesa hisoblanadi. Oʻzbekistonda, mas, Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrida "Gang daryosining qizi" (R. Tagorning "Halokat" romani asosida A. Ginzburg I.si), "Qutlugʻ qon" (Oybekning shu nomli romani asosida T. Xoʻjayev I.si) va b. I.lar qoʻyilgan.

I.da dramatik janr xususiyatlari hisobga olinadi, xususan, qahramonlar obrazini asosan dialog yordamida ochib berish, kuchli hayotiy zidsiyatlarni koʻrsatish va yorqin siymolarni na-moyon etishga eʼtibor beriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega ma-teriallarni sahna uchun adabiy jihatdan qayta ishlash ham I. deyiladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil