Internat maktab - Oʻzbekistonda oila, maktab va maktabdan tashkari taʼlim-tarbiya vazifasini oʻtaydigan umumiy oʻrta taʼlim maktabi. I.m.da bolalar yashab, tarbiyalanadi va oʻqiy-di (bolalarning bir qismi yakshanba va kanikul kunlarini uylarida oʻtka-zadi). Ayrim I.m.lar muayyan mutaxassislik boʻyicha ixtisoslashadi, mas, musiqa I.m., sport I.m. Uning yaxshi jihozlangan oʻquv binolari, tajriba uchastkalari, i.ch. ustaxonalari, lab.lari va b. boʻladi. I.m.da taʼlim-tarbiya ishlari mehnat bilan uzviy bogʻlangan holda olib boriladi. I.m.ga bolalar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bo-suvchi shaxslarning ixtiyorlari bilan qabul qilinadi. Jismoniy kamchiligi boʻlgan bolalar uchun maxsus I.m. mavjud (qarang Maxsus maktablar). I.m.ga, birinchi navbatda, yetim bolalar, urush va mehnat nogironlarining , yolgʻiz yoxud koʻp bolali onalarning bolalari, shuningdek, tarbiyalanish uchun oilasida zarur sharoiti boʻlmagan bolalar qabul qilinadi. Ota-onali bolalar uchun ota-onadan belgilangan miqdorda haq olinadi; yetim bolalar esa toʻliq davlat taʼminotida boʻladi. OʻzR da 232 ta I.m. boʻlib, bularda 48 ming 646 bola tarbiyalanadi (2002).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil