Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ; inglizcha: International Olympic Committee
fransuzcha: Comité international olympique) – olimpiaya harakatining oliy rahbarlik organi, hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro sport tashkiloti.
Qisqartma | XOQ |
---|---|
Turi | Notijorat tashkilot |
Sanoat | Sport |
Maqomi | Faoliyat yuritadi |
Ishga tushgan sanasi | 23-iyun 1894-yil |
Joylashuvi | Lozanna |
Asoschi(lar)i | Pyer de Kuberten |
Prezidenti | Tomas Bax |
Aʼzolari | 105 aʼzo, 45 faxriy aʼzo, 206 MOQ |
Tarixi
tahrir1894-yil P. De Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazishni boshqarib turish, bu oʻyinlarning ijtimoiy ahamiyati va obroʻsini koʻtarish, havaskorlik sportini rivojlantirishga va barcha mamlakatlar sportchilari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan.
Raxbariyat
tahrirXOQ – doimiy ishlaydigan tashkilot, oʻz aʼzolarini turli mamlakatlardagi sport harakatining eng faol tashkilotchilari orasidan tanlab oladi. XOQ ijroiya qoʻmitasi prezident (8 yil muddatga saylanadi), uch vitse prezident va 5 nafar aʼzodan iborat. Olimpiada oʻyinlari xartiyasi – XOQning ustav hujjatidir. XOQ sessiyalari har yili oʻtkaziladi, olimpiada oʻyinlari boʻladigan yillarda – ikki marta: yozgi va qishki oʻyinlar vaqtida oʻtadi. Olimpiada oʻyinlari vaqtida XOQ musobaqalarni oʻtkazishga rahbarlik qilish huquqini xalqaro sport federatsiyalariga beradi.
Aʼzolari
tahrirXOQ hozirgacha 200 dan ortiq milliy olimpiada qoʻmitalarini (shu jumladan, 1993-yil Oʻzbekiston milliy olimpiaya qoʻmitasini tan olgan. XOQ qarorgohi Lozanna (Shveysariya) shahrida joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |