Domen (lotincha dominium – mulk) – 1) Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarda pomestye (votchina)ning bir qismi, yer egasi (feodal) unda oʻz xoʻjaligini yurgizgan; 2) qirolga tegishli vorisiy yerlar yigʻindisi (qirol D.i)[1].

Domenning vazifasi bor-yoʻgʻi saytingiz nomini internetda esda qolarli boʻlishini taʼminlash uchun kerak. Agar siz bepul hosterlardan birining xizmatidan foydalanadigan boʻlsangiz, sizga domen sotib olishning keragi boʻlmasligi mumkin. Chunki sizga ular sayt nomini ham birga berishadi.
Masalan: ***.nm.ru yoki ***.awardspace.com. Bunda *** – siz beradigan nom. Sayt nomining bunday koʻrinishi sizga qanday taassurot beradi? Albatta, uchinchi darajali domendagi saytlar nomi u qadar taʼsirli va esda qolarli boʻlmaydi. Solishtirib koʻring: www.comsoft.uz va www.comsoft.narod.ru.
Agar siz saytni internetga joylashtirsangiz-da, lekin unga domen sotib olmasangiz, sizning saytingiz nomi quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:
http://80.80.210.217/[sayt ishlamaydi]
Bu IP-manzil sizning saytingiz joylashgan server kompyuterning IP-manzili. Odatda bunday koʻrinishda saytni ochishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq koʻrinib turgan IP-manzil xakerlar uchun oʻljaning oʻzginasi boʻlishi mumkin.
Domenlar narxi ham turlicha: Oʻzbekistonda .com, .net, .org, .net domenlarida saytni roʻyhatdan oʻtkazish bir yilga oʻrtacha 20 ming soʻm boʻlsa, Gʻarbliklar ushbu domenlar uchun yiliga oʻrtacha 10-13 ming soʻm (8-10$) soʻrashadi (Ammo arzoniga yopishmasdan, bir narsani ham hisobga oling:
Dunyodagi eng birinchi domen bu – symbolics.com boʻlib bu domen Symbolics registoriga tegishli.

Dunyodagi birinchi domenlar roʻyxati.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil