Intizom haqidagi ustavlar va nizomlar

Intizom haqidagi ustavlar va nizomlar — Oʻzbekiston Respublikasida xalq xoʻjaligi baʼzi tarmoqlarida va mehnat intizomining buzilishi ogʻir oqibatlarga sabab boʻladigan ayrim ish turlarida mazkur intizomni taʼminlashga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar. Xo-dimlarning i. ch.dagi asosiy burchlari belgilangan umumiy qoidalar qatori I. h. u. va n.da ham ularni ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralari koʻrsatilgan. I. h. u. va n. qoʻllanilmaydigan xalq xoʻjaligi boshqa tarmoqlarining xodimlari Ichki mehnat tartibi qoidalari boʻyicha ish yuritadi. Shu tarmoqdarning xodimlariga nisbatan qoʻllanadigan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari bilan birga I. h. u. va n.da boshqa turlardagi shunday tad-birlar ham koʻzda tutilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi, 174—180-moddalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil