Intizom nizomi - harbiy intizomning mohiyatini, harbiy xizmatchilarning unga rioya qilish boʻyicha majburiyatlarini, ragʻbatlantirish va intizomiy taʼzirlarning koʻrinishlarini, komandirlarning (boshliklarning) ularni qoʻllash boʻyicha huquqlarini, shuningdek, taklif, ariza va shikoyatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartiblarini aniqlab beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 9 oktabr dagi Farmoni bilan tasdiklangan.

Intizom nizomi. Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari, boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilariga nisbatan bir xil kuchga egadir. Bundan tashqari, Intizom nizomi. qoidalari harbiy xizmatdan harbiy ust-bosh kiyib yurish huquqi bilan boʻshatilgan fuqarolarga nisbatan harbiy ust-bosh kiyib yurgan paytda oʻz kuchiga egadir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil