Investitsiya banki - sanoat korporatsiyalarining aksiyalarini sotib olish orqali investitsiya siyosatini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. I.b. xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari, asosan, sanoat, transport, savdoni moliyalash va uzoq muddatli kreditlash uchun ixtisosla-shadi. 19-asr oxirlarida keng tarqaldi. Bank resurslari oʻz aksiyalari va obligatsiyalarini sotish hisobiga shakllanadi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda davlat I.b.lari tashkil etilgan, ularning mablagʻlari davlat byudjeti hisobidan shakllanadi. I.b.ning oʻziga xos xususiyati aholi omonatlarini qabul qilishga ixtisoslashmaydi. Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi birinchi I.b. — Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki "Oʻzprivatbank" 1995-yil 28 fevral dan faoliyat yuritadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil