Invictus – 2009-yilda rejissyor Clint Eastwood tomonidan ishlangan film, bosh rollarda Morgan Freeman va Matt Damon oʻynagan. Bu Eastwood va Freeman oʻrtasidagi Unforgiven (1992) va Million Dollar Baby (2004) dan keyin hamkorlikda ishlangan uchinchi film. Invuctus John Carlinning 2008-yilda yozilgan "Playing the Enemy: Nelson Mandela and the Game That Made a Nation" kitobi asosida ishlangan. Voqealar 1995-yilda Janubiy Afrika Respulbikasida boʻlib oʻtgan regbi boʻyicha jahon chempionatidagi voqealarga asoslangan. Springboks (Janubiy Afrika milliy regbi terma jamoasining nomi) ushbu chempionatda faqatgina mamlakati mezbon boʻlganligi uchun ishtirok etayotgani, turnirda yaxshi natija qayd eta olmasligi kutiladi, biroq yakunda ular turnir gʻolibi boʻlishadi. Morgan Freeman Janubiy Afrika prezidenti Nelson Mandela sifatida rol ijro etgan boʻlsa, Matt Damon esa Janubiy Afrika regbi terma jamoasining sardori Francois Pienaar rolida oʻynaydi[3].

Invictus
Rejissyor(lar) Clint Eastwood
Prodyuser(lar)
  • Clint Eastwood
  • Lori McCreary
  • Robert Lorenz
  • Mace Neufeld
Ssenariynavis(lar) Anthony Peckham
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Kyle Eastwood
  • Michael Stevens
Kinematografiya Tom Stern
Muharrir(lar)
  • Joel Cox
  • Gary D. Roach
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 135 minutes
Mamlakatlar
  • United States
  • South Africa
Til inglizcha
Byudjeti $50–60 million[1][2]
Daromadi $122.2 million[1]

Invictus 2009-yil 11-dekabr kuni AQShda ekran yuzini koʻradi. Film nomidagi „Invictus“ s`ozi „yengilmas“, „magʻlub qilib boʻlmas“ maʼnolarini anglatadi. Bundan tashqari „Invictus“ britaniyalik shoir William Ernest Henley (1849-1903) tomonidan yozilgan va filmda bir necha oʻrinlarda ishlatilgan sheʼrning ham nomidir. Film tanqidchilar tomonidan ijobiy kutib olindi va unda ijro etgan rollari uchun Freeman va Damon Oscar mukofotida nomzod sifatida qayd etiladi. Film byudjeti 50-60 million dollar tashkil etgan boʻlib jami hisobda 122,2 million dollar daromad olib keladi.

Voqealar

tahrir

1990-yil 11-fevral kuni Nelson Mandela 27-yil davomida boʻlgan Victor Verster qamoqxonasidan ozod qilindi[4]. Toʻrt yildan soʻng esa Mandela Janubiy Afrikadagi birinchi qora tanli prezident etib saylandi. U boshqaruvga kelgan davrida ocharchilik, kambagʻallik, irqchilik, turli jinoyatlar va yana shunga oʻxshash koʻplab qiyinchiliklarga duch kelgan edi.

Mandela milliy regbi terma jamoasi boʻlmish Springboksning Angliyaga qarshi oʻyiniga tashrif buyuradi. U yerda barcha qora tanli Janubiy Afrikalik muhlislar Angliya terma jamoasini qoʻllab quvvatlayotganiga guvoh boʻladi, bunga asosiy sabab milliy jamoa safidagi barcha regbichilar oq tanli boʻlgani va ularda irqchilikning juda kuchli ekanligida edi. 1995-yilda esa aynan shu davlatda regbi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilishi lozim edi. Oʻyinda Angliya yirik hisobda gʻalaba qozonadi. Keyinchalik Mandelaning oʻzi ushbu turnirga alohida eʼtibor qarata boshlaydi. U Springboks sardori Francois Pienaar (Matt Damon) bilan uchrashadi va ushbu chempionat qay darajada muhumligi haqida gaplari bilan uni ruhlantiradi. Mandela Francoisga qamoqxonada oʻtkazgan vaqtlarida oʻzini ruxlanitra olgan sheʼr „Invictus“ni baham koʻradi.

Turnir davomida terma jamoa aʼzolari bir kun davomida Mandela 27 yilda 18tasini mahbuslikda oʻtkazgan Robben Islanddagi qamoqxonaga borishadi. U yerda Pienaar Mandela irodasiga tan beradi va unga umid baxsh etgan sheʼr „Invictus“ning bosh gʻoyasini anglab yetadi. Francoisni Mandela „oʻttiz yil bu darajada kichik bir xonada yashab hayot uchun yetarlicha umid topa olish, yanada kuchliroq iroda bilan qaytish mumkinligi“ hayratga soladi.

Springboks ushbu turnir finaligacha yetib boradi va finalda Yangi Zelandiya milliy jamoasi All Blacksni qoʻshimcha vaqt natijasiga koʻra 15-12 hisobida magʻlub etadi. Mandela va Pienaar oʻyin maydonida yana uchrashishadi va prezident sardorga jahon chempionati kubogini topshiradi. Film soʻngida Mandela gʻalabani nishonlayotgan muhlislarga qarab „Invictus“ sheʼrini yana bir bor ijro etayotgani namoyish etiladi.

Rollarda

tahrir
  • Morgan Freeman – Janubiy Afrikaning birinchi qora tanli prizedenti Nelson Mandela rolida
  • Matt Deymon – Springboks sardori Francois Pienaar rolida
  • Tony Kgoroge – Jason Tshabalala rolida
  • Adjoa Andoh – Brenda Mazibuko rolida
  • Julian Lewis Jones – Etienne Feyder rolida[5]
  • Patrick Mofokeng – Linga Moonsamy rolida
  • Mett Stern – Hendrick Booyens rolida
  • Marguerite Wheatley – Pienaarning rafiqasi Nerine Winter rolida
  • Patrik Lyster – Francious Pienaarning otasi rolida
  • Leleti Khumalo – Mery rolida
  • MacNeil hendricks – Springboksning yagona qora tanli oʻyinchisi Chester Williams rolida
  • Skott Eastwood – Joel Stransky rolida
  • David Dukas – oʻyin boshlanishidan avval maydon ustidan uchib oʻtgan Boeing 747 uchuvchisi rolida
  • Hennie Bosman rasist regbi murabbiyi rolida

Yaratilishi

tahrir

Film John Carlinning „Playing the Enemy: Nelson Mandela and the Game That Made a Nation“ kitobiga asoslangan[6]. Film ijodkorlari Carlin bilan bir hafta davomida uning Barselonadagi uyida uchrashishdi va kitobni ssenariyga aylantirishni muhokama qilishdi[7]. Filmlarning suratga olish ishlari 2009-yil mart oyida Keyptaun shahrida boshlandi. Janubiy Afrikadagi dastlabi suratga olish ishlari 2009-yil may oyida yakunlandi[7].

Film namoyishi

tahrir

Invictus Shimoliy Amerikada 2,125 ta kinoteatrda namoyish etiladi va 8,611,147 AQSh dollari foyda keltirib oʻsha vaqt uchun uchinchi oʻrinni egallaydi, regbi mavzusidagi filmlar orasida esa yetakchi boʻlib oladi. Film muxlislar orasida yaxshi kutib olinadi. U mahalliy miqyosda 37,491,364 dollar, xalqaro miqyosda esa 84,742,607 dollar miqdorda daromad keltiradi. Umumiy byudjeti 60 ming dollar atrofidani tashkil etgan film mualliflarga jami hisobda $122,233,971 dollardan ortiq daromad keltirgan.

Baholar

tahrir

Film deyarli barcha tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanadi. Rotten Tomatoes nashrining maʼlumotlariga koʻra 246 tanqidchidan 76%i filmga ijobiy baho beradi va Invictus oʻrtacha 10dan 6,6 balga loyiq koʻriladi[8]. Metacritic maʼlumotlariga koʻra film 34 tanqidchitomonidan baholangan va 74% ijobiy baho olgan[9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Invictus“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2015-yil 13-fevral.
  2. Thompson, Anne „Produced By Conference: Are Boomers Abandoning Movies?“. Variety (2009-yil 10-iyun). 2009-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-fevral.
  3. Stephensen. „First Look: Clint Eastwood's The Human Factor with Matt Damon“. Slash Film (2009-yil 14-mart). 2012-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-mart.
  4. Archive: Nelson Mandela's 'walk to freedom' in 1990 after his release from prison (inglizcha), 2013-12-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-20
  5. Turner, Rob (March 22, 2009).
  6. Leyes, Nick. „François Pienaar takes rugby union to Hollywood. Somanth as François Pienaar' brother“. Daily Telegraph (2009-yil 15-mart). Qaraldi: 2009-yil 31-mart.
  7. 7,0 7,1 Interview with Carlin, BBC Radio 5, May 21, 2009
  8. „Invictus (2009)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  9. „Invictus Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.

Havolalar

tahrir