Ion proyektor
Ion proyektor, avtoion mikroskop — qattiq jism sirtining bir necha mln. marta kattalashgan tasvirini beradigan linzasiz ion-optik asbob. Amerikalik fizik E. V. Myuller 1951-yil da ixtiro qilgan. I. p. yordamida kristall panjaradagi ayrim atomlarning joylashishini kuzatish mumkin. Bunda ingichka ignaning uchligi mus-bat elektrod va bir vaqtning oʻzida oʻrganilayotgan obyekt boʻlib xizmat qiladi. Asbob ichiga toʻldirilgan gaz atomlari (yoki molekulalari) uchlik yakinida kuchli elektr maydon bilan ionlashtiriladi; bunda gaz atomlari uchlikka oʻzining elektronlarini beradi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |