Ioniya faylasuflari - mil. av. 6—4-asrlarda Ioniyada yashagan yunon faylasuflari. Ular — Fales, Anaksimandr, Anaksimen (Milet maktabi), efeslik Geraklit, apolloniyalik Diogen. Asosiy gʻoyalaridan biri mavjudotning birligi, barcha narsalar muayyan ibtido (suv, havo, olov) dan paydo boʻlgani toʻgʻrisidagi fikrdir. I. f. naturfalsafasiga gilozoizm xos.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil