Iordan yoki Urdun Nahr ushshariʼa — Gʻarbiy Osiyodagi daryo, koʻp qismi Iordaniya xududida. Uzunligi 252 km. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yoʻnalishdagi Hor (Al-hor) tektonik choʻkmasidan oqib, chuchuk suvli Havla va Tabariya (Gʻani-saret) koʻllari orqali oʻtadi va Oʻlik dengizga quyiladi. Iordanning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan oʻtgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt va koʻllardan suv oladi. Eng katta irmogʻi — Yarmukning Iordanga quyilishiga yaqin joyda toʻgʻon va katta GES qurilgan. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi. Iordan vodiysi — Iordaniyaning asosiy dehqonchilik rayoni.[1]

Iordan (daryo)
Tavsif
Uzunligi 252
Davlat Livan, Falastin, Iordaniya, Isroil va Suriya
Iordan (daryo)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil