Ip oʻrash mashinasi - toʻqimachilikda kalava ip, ipak, sunʼiy iplar va b. iplarni gʻaltak yoki bobinalarga qayta oʻraydigan mashina. Masalan, kalava ipni qayta oʻraydigan mashinalar arqoqni qayta oʻrash va tandani qayta oʻrash mashinalariga boʻlinadi. Ular oʻz navbatida ipni parallel oʻraydigan va ayqash oʻraydigan xillarga ajraladi. Iplar parallel oʻralganda ikki flanets (chetki devor)li gʻaltak ishlatiladi. Iplarni ayqash (xochsimon) qilib oʻrashda devorsiz bobinadan foydalaniladi. Ipni bobinaga oʻrashda yigirish mashinalaridan olingan naychalar / qoʻzgʻalmas shpilkalarga kiygiziladi, naychalardan boʻshalib chiqayotgan ip kronshteyn 2 ga oʻrnatilgan taranglagich 3 dan oʻtadi. Ip oʻrash barabanchasi 4 ning vintsimon oʻyigʻi boʻylab oʻtib, aylanib turuvchi bobina 5 ga oʻraladi. Bobinadan ip, dastlab, konussimon qogʻoz patron 6 ga oʻraladi. Bu patronlar tutgich 9 ga oʻrnatilgan oʻq 8 dagi urchuq 7 ga kiygiziladi. Arqoq ipi oʻralgan ka-lavalar toʻquv stanogining mokisiga toʻgʻri kelmasa yoki ip yaxshi oʻralmagan boʻlsa, I. oʻ. m. yoki avtomatlarda mokiga toʻgʻri keladigan naychalarga qayta oʻraladi. Tayyorlangan tanda (oʻrish) va arqoq iplari toʻqish sexiga beriladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil