Ipak qurti tuxumi inkubatsiyasi
Ipak qurti tuxumi inkubatsiyasi — inkubatoriya (maxsus uskunalangan xona yoki maxsus shkaflar)da tut ipak kurti tuxumini ochirish. In-kubatoriyada qurt tuxumining embrioni rivojlanishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan boʻladi. Odatda, bir inkubatoriyda 100—120 quti tuxum ochirish mumkin. Pekin qoidaga koʻra har bir inkubatoriyda ochiriladigan tuxum miqdori 50—60 qutidan oshmasligi kerak. Monovoltin (bir yilda bir marta nasl beradigan) zotlar va duragaylarning tuxumlari doimiy harorat sharoitida va haroratni asta-sekin oshirib borish usullarida ochiriladi. Doimiy harorat usulida pilla oʻrovchi zot va duragay kurtlar tuxumi inkubatsiyasi uchun: havo harorati 2— 3-kunlarda 13—14°; 3—4-kunlari 24° gacha boʻlib, dastlabki qurtlar (xabarchilar) paydo boʻlganda 25° gacha oshiriladi. Havo namligi butun inkubatsiya davrida 75—80% da saqlanadi. Xona har 2—3 soatda (10—15 minutdan) shamollatib turiladi. Haroratni asta-sekin oshirib borish bahor salqin kelganda, harorat koʻtarilib-pasayib turganda, tut barglari sovukdan zararlanganda qoʻllanadi. Bu usulda tuxum ochirishga qoʻyilgan kundan boshlab harorat 12—14° dan kun sayin 1—2 darajaga koʻtarib boriladi.
Inkubatsiya qurt zotiga qarab, 11 — 18 kun davom etadi. Tuxumlar jonlanish oldidan rangi oqara boshlaydi. Shu vaqtda quti va ramkalar ustiga mayda teshikli qogʻozlar qoʻyilib, mayda qirqilgan tut barglari sochiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |