Ippolit Ivanovich Granitov (1900.11.2, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyati Chaktak qishlogʻi — 1981.31.10, Toshkent) — geobotanik. Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). 1960-yildan kafedra mudiri. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtkazilgan bir qancha ekspeditsiyalarda qatnashgan. Oʻrta Osiyo oʻtloqlaridan toʻgʻri va unumli foydalanish, oʻtloqlar hosildorligini oshirish, ayniqsa, Oʻzbekiston choʻl oʻsimliklari genezisi toʻgʻrisidagi masalalarni qal qilishga hissa qoʻshgan.

Ac: Oʻsimliklar qoplami, T., 1949; Janubi Gʻarbiy Qizilqum oʻsimliklari qoplami [2 jildli], T., 1964, 1967.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil