Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD). 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash boʻyicha Amerika iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish toʻgʻrisida konvensiya 1960-yil 14 dekabrda Parijda imzolanib, 1961-yil 1-oktyabrdan kuchga kirgan. Tashkilotda 21 mamlakat — Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg , Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya qatnashadi. Rasmiy jihatdan tashkilot shartnomani imzolagan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, iqtisodiyotni yuksaltirish va aholi turmush darajasini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni saqlashni nazarda tutadi. Tashkilotga aʼzo davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam koʻrsatish, davlatlar mintaqasida aʼzodavlatlar siyosatini muvofiqlashtirish yo'li bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni taʼminlashga hissa qoʻshadi. Tashkilot faoli-yatiga tashkilotda qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat kengash rahbarlik qiladi. Tashkilot idorasi Fransiya (Parij)da joylashgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |