Iqtisodiy oʻsish

Iqtisodiy o'sish – tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining mutassil o'sib borishini ta'minlash

Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Yalpi ichki mahsulot

Iqtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.

Iqtisodiy Oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iktisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqgisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.

Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllanadi.

Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.

Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy Oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy Oʻsishekstensiv oʻsish deb ataladi.

Iqtisodiy Oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy Oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.

Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv Oʻsish.ning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy Oʻsish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.

Nurislom Toʻxliyev.