Iqtisodiy tangliklar -iqtisodiy siklning tushkunlik holati bilan tavsiflanuvchi maxsus fazasi, mamlakat iqtisodiyotida vaqt-vaqti bilan yuzaga keladigan chuqur nomutano-sibliklar. Mamlakat iqtisodiy ahvolining keskin yomonlashuvi, i.ch.ning gʻoyat pasayishi, shakllangan iqtisodiy aloqalarning buzilishi, korxonalarning bankrotligi, ishsizlikning oʻsishi va oxir-oqibat aholi turmush da-rajasining pasayishini keltirib chiqaradi. I.t. ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan mahsulot hajmi, inves-titsion tovarlar va isteʼmol mahsulotlari, aholi daromadlari va hara-jatlari, eksport va import, byudjet daromadlari va harajatlari, korxonalarning majburiyatlari va uni bajarish imkoniyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Keng maʼnoda I.t.ni jami talab bilan jami taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi keltirib chikaradi.

I.t.ning yuzaga kelish sabablari, uni keltirib chikaruvchi omillar va amaldagi belgilari mavjud. Jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining jami talabdan oshib ketishi, davlat harajatlarining keskin oshib ketishi, korxonalarda i.ch. samaradorligining pasayib borishi, aholi daromadlarining qisqarishi kabilar tanglikni keltirib chiqaruvchi sabablar hisoblanadi. I.t.ning ilk belgilari muomala sohasida koʻrinadi. Shundan keyin tanglik milliy xoʻjalikning boshqa sohalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning realizatsiya qilinmay qolishi natijasida tadbirkorlarning foydasi kamayadi. Bu, oʻz navbatida, banklar daromadini qisqartiradi. Banklar oʻz daromadlarini oshirish maqsadida foiz stavkalarini koʻtaradilar. I.ch. samaradorligi pasayayetgan davrda kreditlar foizining bunday oshirilishi korxonalar toʻlov qobiliyatini pasaytiradi va bankrotik xrlatlari ommaviy tus oladi. Dastlabki I.t. 1825 yilda Angli-yada sodir boʻlgan va har 10—11 yilda takrorlanib turishi (1825, 1836, 1847, 1857 yillar) muhim xususiyatga aylandi. I.t. keyingi davrda ham tez-tez takrorlandi.

I.t. davriy harakterda boʻlib, oʻrtacha har 7—10 yilda takrorlanib keladi. Ikki I.t. oraligʻidagi davr sikl deb ataladi. I.t. umumiy, oraliq, qisman, tarmoq va tarkibiy tarzda boʻlishi mumkin.

Umumiy I.t. milliy xoʻjalikning barcha sohalarini qamrab oladi va uzoq davom etadi. Bunday tanglik natijasida jamiyatda chuqur salbiy ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar yuz beradi. 1929—32 yillarda AQShda sodir boʻlgan tanglik umumiy iqtisodiy tanglik boʻlib, u buyuk depressiya nomini olgan. Oraliq I. t. koʻproqikti-sodiy siklning jonlanish va koʻtarilish davrida sodir boʻladi hamda ja-rayonni sekinlashtiradi, uzok, davom etmaydi va uning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf qilish mumkin. Qisman I. t. iktisodiyotning muayyan sohasini qamrab oladi. Bunday koʻrinishdagi tanglik oqibatida pul muomalasi, kredit ski moliyaviy munosabatlar zarar koʻradi. Tarmoqqa xos tanglik iqtisodiyot tarmoklaridan birida sodir boʻladi. Tarmoqda yuzaga keladigan tanglikning asosiy sabablari tarkibiy oʻzgarishlar, nomutano-sib i.ch. yoki ortiqcha i.ch. hisoblanadi. Tarkibiy I. t. iqtisodiyotdagi bir tomonlama rivojlanishning natijasi boʻlib, uzoq davom etadi va bir nechta siklni qamrab oladi. Tarkibiy tanglikka 20-asrning 70-yillaridagi AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniyada yuz bergan energetika, xom ashyo va oziq-ovqat tangliklarini, 1997—98 yillardagi Jan.sharqiy Osiyodagi moliyaviy tanglikni misol qilib keltirish mumkin.

I.t.ning yagona ijobiy jihati shuki, uning natijasida resurslarning qayta, maqsadga muvofiq taqsimlanishiga erishiladi. Samarasiz yoki keraksiz sohalardagi resurslar yangi, iqtisodiy foyda koʻproq boʻlgan sohalarga oqib oʻtadi. Ishlab chikaruvchilar, tadbirkorlar va moliyachilar oʻz mablagʻlarini foyda normasi yuqori boʻlgan tarmoklarga yoʻnaltiradi. Natijada iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar roʻy beradi va iqtisodiyot tarkiban takomillashadi.

I.t. davrida uning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida davlat tanglikdan chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Oʻzbekistonda ham 1990-yillarda oʻziga xos chuqur iqti-sodiy tanglik yuzaga keldi. Bu tanglik avvalo iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarining keskin pasayishi, isteʼmol bozorining kashshokdanishi va aholi turmush darajasining yomonlashishida namoyon boʻldi. Ushbu I.t. mu-staqillik davrining dastlabki yillarida davom etdi. Keyinchalik, 1995— 96 yillardan boshlab, davlatning tanglikka qarshi taʼsirchan siyosati natijasida isteʼmol bozorining toʻyinib borishi, iqtisodiyot tarmoq tarkibining takomillashishi, yalpi ichki mahsulot hajmining oshishi va aholi daromadlarining koʻpayishiga erishildi.

Nemat Xolmatov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil