Irène Joliot-Curie
Irène Joliot-Curie (fransuzcha: Irène Joliot-Curie; 1897.12.9 - Parij - 1956.17.3) - fransuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va Mariya Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926-yilda Frédéric Joliot-Curiega turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934-yilda Frédéric Joliot-Curie bilan hamkorlikda sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939-yilda neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil boʻlgan yadroviy reaksiya mahsuli — lantan hosil boʻlishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning boʻlinish reaksiyasini kashf qilishda muhim boʻlgan. Kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini, pozitron radioaktivlikni kashf qilgan Nobel mukofoti laureati (1935).[2][3].
Irène Joliot-Curie | |
---|---|
Tavalludi | 12-sentyabr 1897 |
Vafoti | 17-mart 1956[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Otasi | Pierre Curie |
Onasi | Marie Curie |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |