Irik Xarasovich Musin — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Irik Xarasovich Musin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-avgust 1923-yil
Bugulma, Avtonom Tatar Sotsialistik Sovet Respublikasi, RSFSR, SSSR
Vafoti 25-iyul 2020-yil (96 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Irik Xarasovich Musin 1923-yilda Avtonom Tatar Sotsialistik Sovet Respublikasining Bugulma shahrida tug‘ilgan. U KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hamda Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi hisoblangan.

Musin 1946-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1946-1990-yillarda Paxtaobod tuman ijroiya qo‘mitasi instruktori, prorabi va katta prorabi, „Sredazximmash“ zavodida muhandis, instruktor; O‘zbekiston Kompartiyasi Chirchiq shahar qo‘mitasining ikkinchi kotibi; „Tashselmash“ zavodi bosh muhandisi, direktori hamda SSSRning 50 yilligi nomidagi zavodning „Toshkent traktori“ korxonasi direktori lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Irik Xarasovich O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 10- va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Musin 2020-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar

tahrir
  • O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: O‘ninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T .: Oʻzbekiston, 1981. — S. 17.
  • Musin[sayt ishlamaydi]