Kamalak pardani kengaytiruvchi mushak

(Irisni kengaytiruvchi mushakdan yoʻnaltirildi)

Kamalak pardani kengaytiruvchi mushak (koʻz qorachigʻini kengaytiruvchi mushak, kamalak pardaning radial mushagi) koʻzning silliq muskuli boʻlib[1], kamalak pardada radial koʻrinishda joylashgan. Koʻz qorachigʻi dilatatori mioepitelial hujayralar deb ataladigan oʻzgartirilgan qisqaruvchi epiteliy hujayralaridan iborat. Bu hujayralar simpatik nerv tizimi tomonidan stimullanadi[2]. Stimul taʼsirida hujayralar qisqaradi, koʻz qorachigʻini kengaytiradi va koʻzga koʻproq yorugʻlik tushishiga olib keladi.

Innervatsiyasi

tahrir

Kamalak pardani kengaytiruvchi mushak simpatik tizim tomonidan innervatsiya qilinadi, bunda SNS a1-retseptorlariga taʼsir qiluvchi noradrenalinni chiqarish orqali ishlaydi[3].

Kengaytiruvchi mushak, siliar tugunning simpatik ildizi sifatida yuqori boʻyin tugunidan kelib chiqadigan postganglionar simpatik nervlar tomonidan innervatsiya qilinadi. Nervlar ichki uyqu arteriyasi bilan uyqu kanali orqali yoʻnalib yirtiq teshik (foramen lacerum)ga boradi. Keyin ular oʻrta kalla chuqurchasiga kirib, oʻrta kalla chuqurchasida kavernoz sinus orqali oʻtib, koʻruv kanalidagi koʻz arteriyasi (a.ophtalmica) bilan yoki koʻz kosasining yuqori yorigʻi orqali n.ophtalmicus bilan birgalikda koʻz kosasiga kiradi. Nazosiliar nerv, soʻngra uzun kipriksimon nerv bilan birgalikda yoʻnalib, sklerani teshib oʻtadi, sklera va tomirli parda oʻrtasidan oʻtib, kamalak pardani kengaytiruvchi mushakka yetib boradilar.

Vazifasi

tahrir

Koʻz qorachigʻini kengaytiruvchi muskul koʻzga koʻproq yorugʻlik kirishiga imkon berish uchun koʻz qorachigʻining hajmini oshiradi. U qorachiqni toraytiruvchi mushakka qarama-qarshi ishlaydi. Koʻz qorachigʻining kengayishi koʻzning normal ishlashi uchun yorugʻlik yetarli boʻlmaganda va simpatik tizim faoliyatining kuchayishi paytida, masalan, „fight-or-flight“ refleksida sodir boʻladi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Pilar, G; Nuñez, R; McLennan, I. S.; Meriney, S. D. (1987). "Muscarinic and nicotinic synaptic activation of the developing chicken iris". The Journal of Neuroscience 7 (12): 3813–26. doi:10.1523/JNEUROSCI.07-12-03813.1987. PMID 2826718. PMC 6569112. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6569112. 
  2. Saladin, Kenneth. Anatomy and Physiology. McGraw-Hill, 2012 — 616–7-bet. 
  3. Rang, H. P.. Pharmacology. Edinburgh: Churchill Livingstone, 2003. ISBN 0-443-07145-4.