Irisuv temir koni
Irisuv temir koni - Talas Olatovining (Jan. Krzogʻiston) karbida joylashgan. Kayindi, Keltima-shat, Oqsuv va b. ruda zonalaridan iborat. Irisuv temir koni karbon davri ohakli togʻ jinslari bilan Irisuv ishqorli gab-broid intruzivi kontaktida hosil boʻlgan. Temir rudasi ohaktoshlari orasida linza va qatlam shaklida. Ularning uz. 0,1 —1,0 km, qalinligi 20—200 m, chuq. 500 m gacha. Konning deyarli yarim maydoni mezokaynozoy jinslari bilan qoplangan. Ruda, asosan, pirit, xalkopirit, pirrotin minerallari donalari bor magnetitdan iborat. Xalkopiritda oltin, kumush, selen, tellur, piritda esa kobalt, selen va tellur uchraydi. Shuningdek, piroksen, granat, flogopit, epidot, sfalerit mavjud. Kondagi rudaning zaxirasi qariyb 200 mln. tonnaga teng. Irisuv temir konining sanoat ahami-yati muhim[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |