Iroq (musiqada) — Oʻn ikki maqom, Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibidagi maqomlardan biri. Iroq mamlakatining nomiga nisbat berilgan. Iroq maqomining tovushqatori va lad qurilmasi, unga mos cholgʻu va ashula yoʻllari bir necha bor oʻzgarib borgan. Shashmakrmdagi I. ning (Yu. Rajabiy yozuvida) mushkilot (cholgʻu) boʻlimi — Tasnif, Tarje, Muhammas, Sa-qil-1, Saqil-2, Saqili Kalon, nasr (ashula) boʻlimi — Saraxbor (6 taronasi bilan), Muxayyar (4 taronasi bilan), Chanbar, Ufar qismlarini oʻz ichiga oladi. I. ning ashula yoʻllarida Mu-xayyari Chorgoh namudi va Zebo pari avji qoʻllanadi. Muxayyari I. ning 1- va 2- taronalari Chorgoh yoʻllariga yaqin. Chanbari I. shoʻʼbasi alohida ashula yoʻli boʻlib, Su-vora yoʻllarini eslatadi.

I. maqomi yoʻllarida yaratilgan xalq cholgʻu va ashula yoʻllari ham oʻziga xos ohanglarga boy, odatda ayriliq, intizorlik his-tuygʻularini aks ettiradi. Bastakorlar I. yoʻllari asosida Choʻli I., Surnay Irogʻi, Chanbari I., Mushkiloti I. va uning Ufari, Toshkent Irogʻi kabi kuy va ashulalarni yaratgan. V. Uspenskiy "Farhod va Shirin", R. Glier va T. Sodiqovlar "Layli va Majnun", S. Yudakov "Maysaraning ishi" operalarida I. kuylaridan foydalanishgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil