Iroq Geografiyasi
Iroq Tabiati – Iroqning katta qismini Mesopatamiya pasttekisligi egallagan. U yuqori va quyi Mesopatamiyaga boʻlinadi. Yuqori Mesopatamiya (Al-Jazira) – Dajla va Furot daryolar oraligʻida joylashgan platodir. Quyi Mesopatamiya Bagʻdoddan Basragacha choʻzilgan va bu ikki daryo bilan oʻralib turadi. Janub va Gʻarbda Suriya va Arab sahrolari joylashgan. Shimoli sharqda Zagros togʻ tizmasining janubiy qismi, shimolda Gavra togʻining bir qismi joylashgan. Mamlakat shimolida Oʻrtayer dengizi iqlimi va subtropik kontinental iqlim mavjud boʻlsa, janubda tropik qumq iqlim hukmron. Iroqda qumli boʻronlar boʻlib turadi. Iqlimi jazirama boʻlgani tufayli mamlakatda ichimlik va sugʻorish uchun suv yetishmaydi. Mesopatamiya pasttekisligida dasht, yarimsahro va sahrolar joylashgan. Vohalarda xurmo palmalari oʻsadi. Togʻ va togʻ yonbagʻirlarida ignali butalar, qora archa va keng bargli oʻrmonlar joylashgan[1].
Xoʻjaligi
tahrirIroq iqtisodiyoti asosini neft sanoati tashkil etadi. Dunyodagi neft zaxiralarining 11% Iroqqa tegishli. Neft eksporti mamlakat daromadining 95% ni tashkil etadi. 1980-1988 (Eron bilan urush), 1991-yil(Quvaytnibosib ohsh), 1998-1999-yillarda boʻlib oʻtgan harbiy harakatlardan soʻng 2003-yilda mamlakat iqtisodiyoti inqirozga uchradi natijada koʻp sanoat korxonalari ishlashdan toʻxtadi. Mamlakatda tabiiy gaz, fosforit tuzlar, oltingugurt qazib olinadi. Bundan tashqari neftni qayta ishlash, neft-kimyo, metallni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yaxshi rivojlangan, bugʻdoy, arpa, guruch, sabzavotlar paxta va boshqalar yetishtiriladi. Aholi yirik shoxli mollarni, qoʻylarni, tuyalarni koʻpaytirishadi. Asosiy eksport mahsulotlari: xom neft, xurmo, mevalar.
Umumiy maʼlumotlar
tahrirIroq Respublikasi – Yaqin Sharqdagi davlat. Davlat boshligʻi – prezident. 2003- yil bahorida ingliz-amerika koalitsiyasi Saddam Husayn hokimiyatini harbiy yoʻl bilan agʻdardi. 2005-yilda davlatda parlament saylovlari boʻldi va boshqamv organlari shakllandi. Bir qator shaharlarda ekstremistlar va koalitsiya qoʻshinlari orasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Mamlakat aholisining 75% ni arablar, 18% kurdlar tashkil etadi, bundan tashqari bu yerda ossuriyaliklar, armanlar, cherkes va boshqalar istiqomat qilishadi.
Poytaxti | Bagʻdod |
Maydoni | 435,1 ming km2 |
Aholisi | 29 mln. kishi (2007) |
Rasmiy tillari | arab, kurd tillari |
Aholisining diniy tarkibi | musulmonlar – 95% (shialar – 60%, sunniylar – 35%), xristianlar – 3% |
Davlat tuzumi | respublika |
Pul birligi | Iroq dinori |
Manbalar
tahrir- ↑ Dunyo mamlakatlari, Davr, Toshkent: Davr nashriyoti, 2013 — 296bet-bet. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.