Irving Langmuir (1881.31.1, Bruklin, Nyu-York shtati — 1957.16.8, Falmut, Massachusets shtati) — amerikalik fizik va kimyogar. Ilmiy ishlari gazlardagi elektr razryadlar, termoelektron emissiya, vakuum texnikasi va boshqalarga oid. Emission tok zichligini ifodalaydigan formulani taklif etgan (1913). Metall sirtlar bilan tutashuvchi gaz va bugʻlarning termik ionlanishini tekshirgan (1924). Atomar vodorodni hosil qilgan (1911) va uning alangasida metallarni payvandlash jarayonini ishlab chiqqan. Birinchi kondensatsion bugʻ simobli vakuum nasosni yasagan (1916). Qattiq sirtlarda gazlar adsorbsiyaskni oʻrganib, adsorbsiya chegarasi mavjudligini aniqlagan va adsorbsiya izotermasi tenglamasini taklif qilgan (1909—16). L. monomolekulyar adsorbsion qatlamlar tuzilishini tekshirgan, kolloid sistemalarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1932).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Lengmyur Irving" OʻzME. L-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil